Davlat bojxona omborlarida saqlanayotgan oziq-ovqat miqdori qancha? (video)
Jamiyat
−
31 mart 2020
6586Koronavirus infeksiyasi boshqa davlatlar qatori O‘zbekistonda ham tarqalishi boshlanganidan so‘ng, aholi orasida oziq-ovqat mahsulotlari taqchilligi yuzaga kelishi haqida ko‘plab sarosimalar paydo bo‘ldi. Ushbu masala yuzasidan karantin davri boshlanishidan oldin Davlat Bojxona qo‘mitasi rasmiylari bilan suhbat olib borgan edik. Mavzuga yana qaytib, QALAMPIR.UZ ayni vaqtda bojxona omborlarida qancha oziq-ovqat mahsulotlari saqlanayotgani bo‘yicha Qo‘mita vakillariga yuzlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2020 yil 30 mart holatiga ko‘ra 47,6 mln AQSH dollariga teng oziq-ovqat mahsulotlari saqlanmoqda. Bular:
• Kungaboqar yog‘i – 3900 tonna,
• Un – 3600 tonna,
• Bug‘doy – 79 900 tonna,
• Go‘sht – 2700 tonna,
• Shakar – 3400 tonna,
• Sut mahsulotlari – 446,7 tonna,
• Quruq choy – 70,9 tonna,
• Makaron – 518,5 tonna,
• Vafli va pechen’e – 295,1 tonna,
• Bolalar ovqatlari – 289,5 tonna,
• Konservalangan sabzavotlar – 901,8 tonna,
• Yarim tayyor ovqatlar – 179,5 tonna,
• Bio qo‘shimchalar – 434,8 tonna,
• Margarin – 3100 tonna,
• Palma yog‘i – 2200 tonna,
• Shokolad – 534,2 tonna,
• Banan – 851,1 tonna
Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha taqchillik kuzatilishi yuzasidan hatto taxmin va ehtimollarning o‘zi yo‘q. Bu xalqning boshidan ne-ne kunlar, urushlar, og‘ir davrlar o‘tmadi, deysiz. Lekin, hech qachon non-tuz uchun yoqalashmadi, qardoshiga musht ko‘tarmadi. Birniki mingga, mingniki tumanga deb bir mayizni qirq bo‘ldi. Bu afsona emas, haqiqat. Shunday ekan, haqiqiy ixlosli insonlarning ishonchi va mustahkam imoni ana shunday vaqtda davlatning yonida turib berishda ko‘rinadi. Kechagidek o‘zini bozorlaru do‘konga urush, och qolayotgandek do‘konlarni bo‘shatib, ur-yiqit bilan ro‘zg‘orni to‘ldirish Ikkinchi jahon urushida begona xalqlar bolalariga eshigini ochgan, dasturxonidan joy bergan o‘zbek xalqiga yarashmaydi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr