Prezident so‘z va matbuot erkinligi, OAV ta’sirchanligi yanada oshirilishini aytdi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, noyabr oyi oxiri va dekabr oyi boshlarida O‘zbekistonda so‘z va matbuot erkinligiga, ommaviy axborot vositalari ustidan senzura va bosimlar uchrab turayotgani haqidagi masalalar kun tartibiga chiqdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilinganining 28 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan bayram tabrigida ochiqlik va oshkoralik yo‘nalishidagi ishlar ortgan qaytmas tus olganini yana bir bor urg‘uladi.

“So‘z va matbuot erkinligi, ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash, davlat hokimiyati idoralari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishga qaratilgan ishlarimizning ta’sirchanligini yanada oshiramiz.

Bir haqiqat hammamizga ayon bo‘lishi kerak: barcha sohalarda amalga oshirayotgan islohotlarimiz qatori jamiyatimizda ochiqlik va oshkoralik, o‘zini o‘zi tanqid va demokratik yangilanish jarayonlari endi hech qachon ortga qaytmaydi va biz bu yo‘lni qat’iy davom ettiramiz”, deydi davlat rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

71

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing