Prezident shifokori qariya Baydenning ahvoli haqida ma’lumot berdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden sog‘lom va baquvvat, uning ahvoli unga davlat rahbari vazifalarini bajarishda davom etish imkonini beradi. Bu haqda Amerika yetakchisi shifokorining Oq uy tomonidan chop etilgan hisobotida aytiladi.

“78 yoshli Prezident Bayden sog‘lom, faol va vazifalarini, jumladan, bosh ijrochi hokimiyat, davlat boshlig‘i, bosh qo‘mondonlik funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarishga qodir”, deyiladi hujjatda. Hisobotni ko‘p yillar davomida Baydenning shifokori bo‘lgan Kevin O’Konnor tayyorlagan.

Qayd etilishicha, Bayden tomonidan amalga oshirilgan kolonoskopiya jarayoni davomida mutaxassislar polip (terida paydo bo‘ladigan o‘simta) topdilar va uni olib tashladilar, gistologik tekshiruv keyingi hafta yakunlanadi.

“Polip qiyinchiliksiz olib tashlandi. Gistologik tekshiruv keyingi hafta yakunlanishi kutilmoqda. Prezident hech qachon ichak saratoni bilan kasallanmagan”, deyiladi hisobotda.

Shuningdek, Prezident shifokori yo‘tal kuchaygani va erkin yurishi kamaygani sababli qo‘shimcha tibbiy ko‘rikdan o‘tishni tavsiya qilgan.

“Prezident nutqlari davomida tez-tez va ko‘proq tomoq og‘rig‘i va yo‘tali his qila boshladi”, deyiladi shifokor xulosasida. Shifokorning ta’kidlashicha, bu “so‘nggi bir necha oy” ichida ayniqsa kuchaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “alomat shubhasiz doimiy va diqqat bilan tekshirishni talab qiladi”. Hisobotda shuningdek, Baydenning harakatlanishi ham bir yil oldingiga qaraganda qiyinlashgani ta’kidlangan.

Avvalroq, Bayden tibbiy ko‘rikdan o‘tayotganda vakolatlarini vitse-prezidentga topshirgani, shu tariqa Kamola Xarris AQSH tarixida Prezident vazifasini bajargan ilk ayol bo‘lgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

312

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing