O‘zDJTSUda xorijiy OTMlarning qo‘shma fakultetlari ochilmoqda
Jamiyat
−
13 iyul 2019
5151O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tarkibida xorijiy oliy ta’lim muassasalarining qo‘shma fakultetlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma’lum qilindi.
Qaror bilan Universitet tarkibida quyidagilar tashkil etiladi:
• 2019/2020 o‘quv yilidan Belarus davlat jismoniy tarbiya universiteti bilan hamkorlikdagi jismoniy tarbiya, sport va turizm fakulteti;
• 2020/2021 o‘quv yilidan P.F.Lesgaft nomidagi Sankt-Peterburg milliy davlat jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma jismoniy tarbiya, sport va salomatlik fakulteti.
Shunga ko‘ra, qo‘shma fakultetlarning asosiy vazifalari belgilandi.
Qo‘shma fakultetlar uchun kontrakt miqdori milliy valyutada, Universitet va tegishli xorijiy universitetlar bilan kelishib belgilanadi.
Qo‘shma fakultet bitiruvchilariga O‘zbekistonda hamda tegishlicha Belarus Respublikasi yoki Rossiya Federatsiyasida oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan diplomlar beriladi.
LiveBarchasi