Prezident Shaxmat olimpiadasi g‘olib va ishtirokchilarini mukofotladi

Sport

−

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi va 3-Parashaxmat olimpiadasi g‘oliblari va ishtirokchilarini mukofotladi. Bu haqda Prezident tegishli farmonni imzoladi.

Farmonga ko‘ra, ular Samarqand shahrida ilk bor o‘tkazilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi va 3-Parashaxmat olimpiadasida muvaffaqiyatli qatnashib, o‘zining yuksak professional mahorati, aql-zakovati, iroda va matonatini yaqqol namoyon etgani, dunyoning 200 dan ziyod davlatidan kelgan eng kuchli shaxmatchi va grossmeysterlar o‘rtasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Yangi O‘zbekistonning xalqaro nufuzi va shon-shuhratini oshirishga munosib hissa qo‘shgani, shuningdek, respublikada sportni keng ommalashtirishda shaxsiy namuna ko‘rsatib kelayotgani, yosh avlodni vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda milliy g‘urur va vatanparvarlik fazilatlarini kamol toptirish borasidagi katta xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlanadi:

“O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan

  • Muhiddin Bahodirjon o‘g‘li Madaminov – Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi.

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan

  • Nodirbek Fazliddin o‘g‘li Abdusattorov – Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Shamsiddin Pulat o‘g‘li Vohidov – Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Nodirbek Murodbek o‘g‘li Yoqubboyev – Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi.

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan

  • Rustam Mashrukovich Qosimjonov – Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi bosh murabbiysi;
  • Samandar Nurulla o‘g‘li Shermuhammadov – Parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi.

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan

  • Komil Oydinovich Sindorov – O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi o‘rinbosari.

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

  • Javohir Sanjarbekovich Sindorov – Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi.

“Do‘stlik” ordeni bilan

  • Nafisa Alisherovna Mo‘minova – Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi bosh murabbiysi;
  • Bobur Muhammadi o‘g‘li Sattarov – O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi bosh kotibi;
  • Rashid Ozodovich Tolipov – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining sport yo‘nalishi bo‘yicha mas’ul xodimi.

“Mardlik” ordeni bilan

  • Jahongir Toirovich Vohidov – Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Sirojiddin Savranbekovich Zayniddinov - Parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Selbi Saparbay qizi Kakishova – Parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Ahadxon Azizxon o‘g‘li Kimsanboyev – Parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Sardorbek Zohidjon o‘g‘li Mamarajabov – Parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Marsel Vyacheslavovich Shoyusupov – Parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi.

“Kelajak bunyodkori” medali bilan

  • Abdumalik Bahodir o‘g‘li Abdusalimov – Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Komiljon Ikromovich Azizov – O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining axborot texnologiyalari va shaxmat metodikasi bo‘yicha mutaxassisi;
  • Humoyun Husniddinovich Begmuratov – Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Mardonov Javlon O‘tkir o‘g‘li - O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining axborot texnologiyalari va shaxmat metodikasi bo‘yicha mutaxassisi;
  • Ortiq Ravshan o‘g‘li Nig‘matov – Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Muxammadzoxid Shaxriyor o‘g‘li Suyarov – Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi.

“Sog‘lom turmush” medali bilan

  • Baxtiyor Melikulovich Jumayev – O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining musobaqalarni tashkil etish bo‘yicha mutaxassisi, sharhlovchi;
  • Nilufarxon Nodirbek qizi Imomqo‘ziyeva – Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Guldona Abubakir qizi Karimova – Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Umida Shuhrat qizi Omonova – Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Gulruxbegim Alisher qizi Tohirjonova – Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zosi;
  • Afro‘za Akbarovna Hamdamova – Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zosi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston-1 jamoasi Ukraina bilan uchrashuv tugashidan oldin olimpiadadagi chempionlikni matematik jihatdan kafolatlagani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing