Prezident Shahidlar xotirasi xiyoboniga bordi

Jamiyat

image


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31 avgust kuni erta tongda Shahidlar xotirasi xiyoboniga tashrif buyurib, qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etdi. 

Qur’on tilovat etilib, xalqimiz ozodligi uchun fido bo‘lgan insonlar haqiga duo qilindi. An’anaga ko‘ra, elga osh tortildi.

Xiyobondagi ramziy qabr yonida nuroniylar, ulamo va ziyolilar bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.

Fidoyi va vatanparvarlarning hayoti va merosini o‘rganish, xotirasini abadiylashtirishga katta e’tibor qaratilayotgani qayd etildi. Mamlakatdagi tinchlik, erkinlik va to‘kinlikning qadriga yetish, diling Ollohda, qo‘ling mehnatda bo‘lsin degan g‘oyaga amal qilib, hamma sohalarni rivojlantirishga intilish, yoshlarni keng dunyoqarashli, vatanparvar insonlar qilib tarbiyalash muhimligi ta’kidlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Mirziyoev Shahidlar hiyoboni

Baholaganlar

38

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing