Normativ-huquqiy hujjatlar gender-huquqiy ekspertizasidan o‘tkaziladi
Jamiyat
−
31 mart 2020
5230O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Nizomga muvofiq, jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalari, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, ta’lim hamda ilm-fan sohalarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari va ularning loyihalari gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi.
Gender-huquqiy ekspertiza - qonun hujjatlari va ularning loyihalarini xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash prinsiplariga muvofiqligi yuzasidan tahlil qilishdir.
Gender sohasidagi normativ-huquqiy tartibga solish bilan bog‘liq hamda qabul qilinadigan qarorlarning asoslarini va ishonchliligini ta’minlovchi ob’ektiv faktlarni belgilash ekspertizaning vazifalaridan biri hisoblanadi.
Nizomga ko‘ra, gender-huquqiy ekspertiza davlat organlari takliflari asosida ishlab chiqilib, Adliya vazirligi tomonidan har 3 yilda bir marta tasdiqlanadigan rejaga muvofiq davlat organlari tomonidan faoliyat yo‘nalishiga ko‘ra o‘tkaziladi.
Ishlab chiqilgan reja loyihasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanishidan oldin Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiya bilan kelishilishi zarur.
Gender-huquqiy ekspertiza natijalari bo‘yicha qabul qilingan xulosaning sifati uchun uni ishlab chiquvchi davlat organi javobgar hisoblanadi.
Nizom bilan, shuningdek, qonun hujjatlari va ular loyihalarini gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazishning talablari belgilandi.
LiveBarchasi