O‘zbekiston Global gender tenglik indeksiga kiritilmadi
Olam
−
16 iyul 2022
18331Jahon Iqtisodiy Forumi 2022 yil uchun global gender tengligi indeksi (The Global Gender Gap Index) bo‘yicha o‘zining navbatdagi hisobotini e’lon qildi.
Indeks ayollar va erkaklarning to‘rtta asosiy yo‘nalishdagi mavqei, huquqlari va rolini aks ettiradi: ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot va siyosat.
Reytingning dastlabki uch o‘rnini Islandiya, Finlyandiya va Norvegiya egallagan.
Eng katta gender nomutanosibliklari mos ravishda 145 va 146-o‘rinlarni egallagan Pokiston va Afg‘onistonda kuzatilgan. Xususan, hisobotda ishlayotgan afg‘on ayollari soni o‘tgan yilga nisbatan 50 foizga, ularning hukumatdagi ishtiroki 90 foizga, yuqori malakali ayol ishchilar soni esa 61 foizga kamaygani qayd etilgan.
Markaziy Osiyo davlatlaridan Turkmaniston va O‘zbekiston reytingga kiritilmagan. Qozog‘iston ro‘yxatda 65-o‘rinni, Qirg‘iziston 86-o‘rinni egallagan. Tojikiston esa 146 davlat ichidan 114-o‘rinni band qilgan.
LiveBarchasi