Prezident saylovini o‘tkazish uchun dastur qabul qilinadi

Jamiyat

image
MSK Prezident sayloviga tayyorgarlikni boshladi north_east

MSK Prezident sayloviga tayyorgarlikni boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuksak saviyada o‘tkazish bo‘yicha aniq choralar belgilanadi. Bu haqda Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida aytilgan.

Chora-tadbirlar dasturida:

•    saylov komissiyalari a’zolarining saylov qonunchiligi va xalqaro standartlar bo‘yicha bilimlarini tizimli asosda oshirish;

•    xalqaro kuzatuvchilar tomonidan berilgan tegishli tavsiyalarni milliy qonunchilik va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;

•    aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilash nazarda tutiladi.

Bajarish muddati – 2021 yil 1 mart, ijro uchun mas’ullar – Markaziy saylov komissiyasi (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, vazirlik va idoralar.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

601

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing