Prezident saylovi: YeXHTning 250 dan ortiq kuzatuvchisi O‘zbekistonga keladi

Jamiyat

image

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining mutaxassilari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovi jarayonlarini kuzatib boradi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, kecha, 14 sentyabr kuni YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining asosiy guruhi O‘zbekistonga yetib kelgan. Keyingi haftada esa yana 28 nafar uzoq muddatli kuzatuvchilar keladi.

Ma’lum qilinishicha, asosiy guruh 11 nafar kuzatuvchidan iborat. Ushbu kuzatuvchilar O‘zbekiston hududi bo‘ylab barcha saylov jarayonlarini kuzatib boradi.

Xabarda ta’kidlanishicha, saylov kunidan taxminan bir-ikki kun oldin 250 nafar kuzatuvchi malakatga kelishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

saylov EXHT

Baholaganlar

48

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing