Prezident saylovi: xalq yana Mirziyoyevni saylaydimi?

Jamiyat

Joriy yil O‘zbekistonda katta siyosiy voqea – Prezident saylovi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Saylov har galgi an’anaga ko‘ra dekabrda emas, balki oktyabr oyining uchinchi o‘n kunligi, birinchi yakshanbasida bo‘lib o‘tadi. 

O‘zbekistonda so‘nggi Prezident saylovi 2016 yil mamlakatni qariyb 27 yil boshqargan Birinchi Prezident Islom Karimov vafotidan keyin o‘tkazildi. 

2016 yilning 4 dekabr kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida 20 million 428 ming 891 saylovchining 17 million 957 ming 667 nafari ovoz berish jarayonlarida ishtirok etdi. Bu ro‘yxatga kiritilgan saylovchilar umumiy sonining 87,83 foizini tashkil etgan. 
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga qo‘yilgan nomzodlar quyidagicha ovoz to‘pladi.
 
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan nomzod Sarvar Otamuratovga – 421 055 ta yoki 2.35 foiz.
 
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Shavkat Mirziyoyev 15 mln 906 ming 724 ta yoki 88,6 foiz.
 
Xalq demokratik partiyasidan nomzod Hotamjon Ketmonovga 669 ming 180 ta yoki 3,73 foiz.
 
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Narimon Umarovga 619 ming 972 ta 3,46 foiz.

Prezident Mirziyoyev davrida O‘zbekiston misli ko‘rilmagan, hatto, kutilmagan darajada o‘zgardi. Karimov vafotidan keyin mamlakatga oralagan erkinlik, demokratiya va chin ma’nodagi hurriyat shabadasi saylov o‘tgach, yana siqilishi mumkin, degan o‘y-xayollar bor edi. Albatta, bu shabada hali tezlik bilan esayotgani yoki to‘fon, bo‘ronga aylangani yo‘q. Biroq, 5 yilga nisbatan o‘zgarishlar katta. Natijada esa xalqning siyosiy bilimi ortdi. Endi ular shou-biznes vakillarini unutib, vazirlar, hokimlar, deputat va senatorlarni taniy boshladi. Boshqacha qilib aytganda, amaldorlar ham yerga tushdi, “chiroyini” ko‘rsatdi. Ayrimlarning “diydoriga to‘yishga” ham ulgurdik. Shu bois ham joriy yilda o‘tadigan saylov Karimov davridagi saylovlardan ancha farq qilishi ehtimoli yuqori. 

Xo‘sh, siyosiy jarayonlarni kuzatib borayotgan va uning bilvosita ishtirokchisiga aylanayotgan odamlar bugungi o‘zgarishlar haqida nima deydi? Ular qaysi nomzodga ovoz bermoqchi? Odamlarni qaysi muammo qiynayapti va ular yangi Prezidentdan nimani kutmoqda? QALAMPIR.UZ muxbiri Feruza Najmiddinova shahar ko‘chalarida bo‘lib, respondentlarga mikrofon tutdi. 

Ushbu so‘rovnomani yuqoridagi videopleyerda yoki QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Prezident saylovi Mirziyoev

Baholaganlar

497

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing