Prezident Samarqandda SHHT sammitini o‘tkazishga doir farmoyishni imzoladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 yilda Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitiga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishi qabul qilindi.

Unga muvofiq, 2022 yilda Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Respublika tashkiliy komissiyasi tarkibi hamda Sammit tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha bosqichli ish rejasi tasdiqlandi.

“www.sco-summit2022.uz” veb-sayti faoliyati yo‘lga qo‘yilib, o‘tkazilgan tadbirlar bo‘yicha O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotidagi raisligiga oid tegishli ma’lumotlar bilan to‘ldirib boriladi.


Maqola muallifi

Teglar

sammit ShHT

Baholaganlar

175

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing