Prezident roziligi bilan lavozimidan bo‘shatilgan Alimardonov o‘rniga Eshmatov tayinlandi
Jamiyat
−
28 Oktabr 2019
11748O‘zbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat "Xalq banki" boshqaruv raisi lavozimida ishlab kelgan Murodullo Eshmatov "Mikrokreditbank" ATB boshqaruvi raisi etib tayinlandi.
Avvalroq, "Mikrokreditbank" ATB boshqaruv raisi lavozimida ishlab kelgan O.Alimardonov shu yilning 24 oktyabr kuni bank faoliyatidagi kamchiliklari hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mazmun-mohiyatini yaxshi tushunmaganligi uchun vazifasidan bo‘shatilgan edi.
Murodullo Eshmatov esa 2019 yilning aprel oyida Xalq banki boshqaruv raisi etib tayinlangandi. U ushbu lavozimiga qadar Sirdaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, Markaziy bank Raisi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
LiveBarchasi