Otabek Almardanov Prezident roziligi bilan lavozimidan bo‘shatildi
Jamiyat
−
26 Oktabr 2019
33844“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki boshqaruvining raisi Otabek Panjiyevich Almardanov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Almardonov bank faoliyatidagi kamchiliklari hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mazmun-mohiyatini yaxshi tushunmaganligi uchun vazifasidan bo‘shatilgan.
QALAMPIR.UZ`ga kelib tushgan hamda O‘zbekiston Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sherzod Qudbiyev tomonidan tasdiqlangan hujjatda Almardonovning bo‘shatilishiga O‘zbekiston Prezidenti rozilik bergani aytilgan. Rasmiy xat O‘zbekiston Bosh vaziri Ablulla Aripov nomiga yozilgan.
LiveBarchasi