Xalq bankiga yangi rahbar tayinlandi
Jamiyat
−
28 Oktabr 2019
9623Aksiyadorlik tijorat Xalq banki boshqaruvi raisi lavozimiga Farhod Salomov tayinlandi. Farhod Salomov 1979 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 2001 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2005 yilda AQSHdagi Kolorado texnika universitetini tamomlagan.
"Xalqaro iqtisodiy munosabatlar" va "Biznes boshqaruvi" bo‘yicha mutaxassis bo‘lgan Farhod Salomov 2001 yildan bank tizimida faoliyat ko‘rsata boshlagan.
U AQSHning U.S. bankida direktor o‘rinbosari bo‘lib faoliyat yuritgan. U 2012, 2013, 2014 yillarda bank mukofotlari bilan taqdirlangan. 2009 yilda esa faoliyatiga innovatsion tajribalarni tatbiq etgani uchun bankning oliy mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Salomov 2018 yil oktyabridan buyon Xalq banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat "Xalq banki" boshqaruv raisi lavozimida ishlab kelgan Murodullo Eshmatov "Mikrokreditbank" ATB boshqaruvi raisi etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi