Toshkentdan Jizzaxning yana ikki shahariga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Jamiyat

photo_2019-11-01_09-29-42

Kecha, 28 noyabr kunidan e’tiboran “Uzautotrans service” korxonasi “Toshkent-Gagarin” yo‘nalishda harakatlanayotgan avtobus yo‘nalishini Do‘stlik va Arnasoy shaharlariga qadar uzaytirdi.

Toshkentdan Do‘stlik shahriga qadar bo‘lgan 206 kmlik masofa uchun yo‘lkira haqi 23 000 so‘m, yo‘nalish masofasi 224 kmga teng bo‘lgan Arnasoy shahrigacha esa 25 000 so‘m etib belgilangan. Ayni damda mazkur yo‘nalishdagi qatnovlar sinov tariqasida amalga oshirilmoqda. Yo‘lovchilar oqimi ushbu yo‘nalishda yetarli darajada bo‘lsa, qatnovlar muntazam ravishda yo‘lga qo‘yiladi.

Ayni damda “Uzautotrans service” korxonasi Toshkentdan Jizzax viloyatining Jizzax, Zomin, Gagarin hududlariga muntazam avtobus qatnovlarini amalga oshirib kelmoqda.

Avvalroq, dekabr oyidan O‘zbekistondan Rossiyaning 10 ta shahariga yangi avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

avtobus qatnovi Toshkent-Jizzax

Baholaganlar

243

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing