Jizzaxdagi gaz quyish shoxobchasida halokatli portlash sodir bo‘ldi 

Jamiyat

image

Joriy yilning 16 yanvar kuni Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida joylashgan avtomobillarga suyultirilgan gaz (propan) quyish shoxobchasi portlagan. Qurbonlar bor.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti taqdim etgan aniq ma’lumotlarga ko‘ra, shu kuni taxminan soat 11:30 larda, Zarbdor tumani, “Yangihayot” mahallasida joylashgan “Gaz manbai” MCHJga qarashli avtomobillarga suyultirilgan gaz (propan) quyish shahobchasida ta’mirlash-payvandlash ishlari olib borilgan. Kelib chiqqan chaqnash oqibatida portlash yuz bergan.

Natijada, mazkur MCHJ ishchilaridan fuqaro 40 yoshli Sh.A. hodisa joyida vafot etgan, 44 yoshli E.I. esa turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

“Hozirda hodisa joyida tergov-tezkor guruhi ishlamoqda, portlashning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda”, deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan qo‘shimcha ravishda ma’lumot berilishi ma’lum qilingan.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

portlash

Baholaganlar

170

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing