Erondagi aviahalokat qurbonlari qaysi davlat fuqarolari ekani aytildi
Olam
−
08 yanvar 2020
12596Xabaringiz bor, bugun, 8 yanvar kuni Eronda Tehron xalqaro aeroportidan uchgan “Ukraina xalqaro havo yo‘llari” aviakompaniyasiga tegishli Boeing-737 samolyoti halokatga uchradi.
Aviahalokat natijasida samolyotda bo‘lganlarning barchasi qurbon bo‘ldi. Biroq halokat qurbonlarining soni bo‘yicha ma’lumotlarda o‘zgarishlar bo‘lib turibdi. Shuningdek, ularning qaysi davlat fuqarosi bo‘lgani yuzasidan ham noaniqliklar mavjud.
Tarqalayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda halokatga uchragan samolyotda:
- Eron fuqarolari - 71 nafar
- Kanada fuqarolari -73
- Germaniya fuqarolari – 4
- Buyuk Britaniya fuqarolari – 3
- Shvetsiya fuqarolari – 8
- Afg‘oniston fuqarolari - 6
- 2 nafar yo‘lovchi va 13 nafar ekipaj a’zolari Ukraina fuqarolari bo‘lgan.
Biroq “Irna” agentligi bergan ma’lumotga ko‘ra, samolyot bortida 179 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ularning 147 nafari eronlik va 32 nafari xorijiy fuqarolar ekanini ma’lum qildi.
Voqealar rivojini QALAMPIR.UZ`da kuzating. Aniq ma’lumotlar berib boriladi.
LiveBarchasi