Toshkentda stikerlarni noqonuniy olgan shaxslarga nisbatan jinoiy ish ochildi

Jamiyat

image

Toshkentda avtomashinada harakatlanish huquqini beruvchi stikerlarni noqonuniy qo‘lga kiritgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi xabar berdi.

Toshkent shahar, Mirobod tumanida ro‘yxatdan o‘tib, ulgurji savdo turiga ega bo‘lgan “D.F.” MCHJ mansabdor shaxslari mansab vakolatlarini suiiste’mol qilib, karantin qoidalariga zid ravishda 7 nafar shaxslarni ishga qabul qilish haqida buyruqlarni rasmiylashtirib, Davlat xizmatlari markazidan karantin davrida avtomashinada harakatlanish huquqini beruvchi stikerlarni noqonuniy olishga erishganligi aniqlangan.

Shu kabi 9 ta ma’suliyati cheklangan jamiyati mansabdor shaxslari jami 18 ta holatlarda stikerlarni noqonuniy qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan joriy yilning 17 aprel kuni Mirobod tuman prokuraturasi tomonidan JKning 192-11, 257-1 va 228-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

karantin stiker

Baholaganlar

155

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing