Prezident protez olib keltirib berishini aytgan qiz Rossiyada davolanmoqda

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, joriy yilning 13 may sanasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Respublika onkologiya va radiologiya tibbiyot markaziga tashrif buyurgandi.

Prezident tashrifi chog‘ida markazda davolanayotgan bemorlar bilan suhbatlashgpn. Ular orasida asli Namangan viloyatining Chust tumanida tug‘ilgan, hozirda Uchtepa tumanida istiqomat qilayotgan Sabrina Insofaliyeva ham bor edi.

Prezidentning tashabbusi bilan bugun Sabrina Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli N.N.Bloxin nomidagi onkologik markazida davolanmoqda. Bu haqda Uchtepa tumani hokimligi xabar berdi.

Uchtepa tumani hokimligi Matbuot xizmati xodimlari Sabrina bilan masofaviy tarzda ZOOM platformasida suhbat o‘tkazishgan.

Qayd etish kerakki, Sabrina kasallik tufayli bir oyog‘idan ajralgan. Prezident bir oyog‘i yo‘q namanganlik qiz bilan suhbati davomida unga qaysi davlatdan bo‘lsa ham protez olib keltirib berishga va’da berib, shunday degandi:

“Senga yaxshi protez olib keltirib beraman. Germaniyada bormi, Amerikada bormi o‘zim yozib olib, nazorat qilaman. Hech narsani o‘ylama”.

Prezident qiz salomatligi bilan bog‘liq muammolar sabab o‘qishdan qolib ketganini bilgach, uning o‘qishiga ham yordam berilishini ta’kidladi. Sabrina Prezident bilan uchrashuvda Yo‘l-patrul xizmati xodimi bo‘lishni istashini aytgandi.

Shundan so‘ng, IIV YHXBB boshlig‘i Olim Saidov qizaloqqa a’zolik guvohnomasi va maxsus formani topshirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

259

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing