Prezident Pokiston Bosh vaziri bilan transafg‘on temiryo‘li haqida gaplashdi
Jamiyat
−
08 noyabr 2023
4076O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Anvar ul-Haq Kakar boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 8 noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) sammiti tadbirlari doirasida Bosh vazir Anvar ul-Haq Kakar boshchiligidagi Pokiston Islom Respublikasi delegatsiyasi bilan muzokara o‘tkazgan.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni, savdo-iqtisodiyot, investitsiya va transport-kommunikatsiya sohalarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilingan. Shuningdek, transafg‘on temiryo‘lini qurish loyihasini amalga oshirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilgan.
2024-2025 yillarga mo‘ljallangan Sanoat kooperatsiyasi dasturini qabul qilish, ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish uchun savdo to‘siqlarini bartaraf etish va qulay sharoitlar yaratish muhimligi ta’kidlangan.
Muzokara yakunida mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Bosh kotibi Xusrav Noziriyni qabul qilgan edi.
LiveBarchasi