Mirziyoyev MDH yetakchilarining norasmiy sammitida qatnashdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 25 dekabr kuni Sankt-Peterburg shahrida MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdi.

Bildirilishicha, uchrashuvda 2024 yildagi birgalikdagi ishlarning asosiy yakunlari sarhisob qilindi va ko‘p tomonlama hamkorlikning kelgusi yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalari ko‘rib chiqilgan.

Mintaqa ichida savdo va kooperatsiyani, eng avvalo, o‘zaro savdodagi to‘siqlarni yanada bartaraf etish orqali kengaytirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni ishlab chiqish muhimligi qayd etilgan.

"Ko‘p qirrali sheriklikni yangi yo‘nalishlarda rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Muhandislik maktablarini tashkil etish, internet texnologiyalari, katta ma’lumotlar industriyasi, kreativ iqtisodiyot, "yashil" energetika va tinch atom sohasini rivojlantirish, raqamli yechimlarni joriy etish shular jumlasidan", deyiladi xabarda.

Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik hamda umumiy tahdid va xatarlarga qarshi kurashda MDH doirasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish borasidagi dolzarb masalalar ham muhokama qilingan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan koronavirusga topshirgan test natijasi ijobiy chiqqani uchun MDH sammitida ishtirok etmasligini bildirgandi. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev esa Qozog‘istonda sodir bo‘lgan aviahalokat munosabati bilan MDHning norasmiy sammitida qatnashmay Bakuga qaytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev MDH

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing