Menga Paxtachi nomli tuman yoqmaydi – Prezident
Jamiyat
−
16 aprel 2021
10891Avval xabar berganimizdek, bugun, 16 aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi davomida viloyat faollari, sohalar rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi.
Samarqand viloyati faollar yig‘ilishida Paxtachi tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha tuman hokimining hisoboti, takliflari eshitildi.
Shuningdek, tuman faollarining aholini qiynab kelayotgan muammolariga oid murojaat, taklif va tashabbuslari tinglandi.
Yig‘ilishda Paxtachi tumanini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi, aholining turmush sharoitini yuksaltirish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yana qanday yordam kerak bo‘lsa, berilishi ta’kidlandi.
Shavkat Mirziyoyev tuman nomi – Paxtachining ma’nosiga alohida to‘xtalib, hudud tarixidan kelib chiqib tuman nomini o‘zgartirishni taklif qildi.
"Menga Paxtachi nomli tuman yoqmaydi. Nimaga u Paxtachi bo‘lishi kerak? Buning tarixi yo‘qmi? Karmana va boshqa tumanlarning o‘z tarixi bor. Paxtachi tumanining nomini tarixchilar tuman tarixini o‘rganib, kelajakda shoshilmasdan fursatdan foydalanib nomini ham o‘zimizga munosib qilib qo‘yaylik. Paxtachi degan nom, masalan, menga yoqmaydi. Nima biz Paxtachi bo‘lib o‘tib ketaveramizmi?", dedi Shavkat Mirziyoyev.