Prezident Ortiqxo‘jayev va soliq idoralari rahbarlari faoliyatini tanqid qildi
Jamiyat
−
05 aprel 2019
12125O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 4 aprel kuni 2019 yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha Davlat byudjetiga tushumlar va eksport prognozlari ijrosi natijadorligi hamda birinchi yarim yillik uchun belgilangan ko‘rsatkichlarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash yuzasidan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va tumanlar soliq idoralari rahbarlari faoliyatini qattiq tanqid qilgan.
Respublika bo‘yicha chorak yakuni bo‘yicha mahalliy byudjet daromadlari rejaga nisbatan 1 trillion 253 milliard so‘m ortig‘i bilan bajarilib, hududlar ixtiyorida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobar ko‘p mablag‘ qolgan.
Byudjetga tushumlar prognozi 9 tuman va shaharda bajarilmagan.
Ayniqsa, Toshkent shahrining o‘n bitta tumanidan yettitasida tushumlar prognozi bajarilmagan. Ushbu tumanlar soliq inspeksiyalari rahbarlari lavozimlaridan ozod etilgan.
Shahar hokimligi va soliq idoralari rahbarlari tomonidan byudjetga tushumlarni ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yilganligi qattiq tanqid ostiga olingan
Bunday holatlar viloyatlarda ham qayd etilgan. Shu sababli Davlat soliq qo‘mitasiga mahalliy byudjetga tushumlar prognozi bajarilmagan qator tuman va shahar soliq idoralari rahbarlarining lavozimiga loyiqligini tanqidiy ko‘rib chiqish topshirildi.