Prezident Ortiqxo‘jayev va Xolmatovga: Sizlar siyosatimizga va xalqimizga xiyonat qilyapsizlar

Jamiyat

Xabaringiz bor, bugun, 15 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri va Toshkent viloyatida pandemiya bilan bog‘liq vaziyat muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

Yig‘ilishda Prezident Farg‘ona vodiysi viloyatlari va Samarqandda rahbarlarning qattiqqo‘lligi evaziga vaziyat o‘nglanayotganini ta’kidladi.

“Bu yerda o‘tirgan rahbarlar sizlar o‘zi siyosatni tushunasizlarmi yo‘qmi? Dunyoda iqtisodiyot qanday bo‘lyapti, bu vabo bilan qanday kurashilyapti? Nima tahlil qilyapsizlar degan savol meni qiynaydi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona va Samarqand viloyatlaridag qanday og‘ir sharoitdan o‘sha yerdagi birinchi rahbarlarning fidoyiligi, qattiqqo‘llig uchun chiqib ketyapmiz. Andijonda ham ahvol juda yomon edi. Samarqandda qanday vaziyatga keldik biz”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari so‘zida davom etib, poytaxt va Toshkent viloyatidagi ahvolni jiddiy tanqid qildi va rahbarlarni siyosatga va xalqqa xiyonat qilayotganini aytib o‘tdi.

“Toshkentda nima bo‘ldi? Toshkent viloyatida nima bo‘ldi? Hokimlar va sektor rahbarlari o‘z hududidagi haqiqiy ahvolni o‘rganmagan va pastga tushmagan. Sizlar hozirgi siyosatimizga va xalqimizga xiyonat qilyapsizlar. Qanday achchiq bo‘lsa ham mana shu baho”, dedi Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

643

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing