Prezident Orol dengizi qurishi oqibatlari bo‘yicha qaror imzoladi
Jamiyat
−
13 fevral 2020
8755O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazining faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Orol dengizi qurishi oqibatlarini bartaraf etish hamda sayyohlar sonini ko‘paytirishga qaratilgan “My garden in the Aral Sea” (“Oroldagi bog‘im”) agro va ekoturizm loyihasi amalga oshiriladi.
Xalqaro innovatsiya markazining ehtiyojlaridan kelib chiqib, ko‘rgazmali tajriba-sinov maydonlarini tashkil etish maqsadida Qoraqalpog‘iston hududidagi zaxira yer maydonlari, Orol dengizining qurigan tubidagi hududdan hamda Orolbo‘yi hududidagi o‘rmon fondi yerlaridan yer maydonlari ajratiladi.
Nukus shahar Markaziy bozoridan Nukus tumanidagi Xalqaro innovatsiya markazi hududigacha bo‘lgan yo‘nalishda muntazam jamoat transporti qatnovi tashkil etiladi.
Ma’lumot uchun, Xalqaro innovatsiya markazi tomonidan “Mo‘ynoq” va “Samanbay” tajriba-sinov maydonlari tashkil etilgan, shuningdek sho‘rlanish va qurg‘oqchilikka chidamli cho‘l va manzarali o‘simliklar genofondi shakllantirilib, 13 turdagi o‘simlik dunyosi ob’ektlari sinovdan o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi