Prezident Oliy ta’lim tizimini qayta ko‘rib chiqishga ko‘rsatma berdi
Jamiyat
−
06 iyun 2020
9413O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi Janubiy Koreya universitetlari tajribasi asosida ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahrida O‘zbekiston-Koreya xalqaro universitetiga borganda shu bo‘yicha topshiriq berdi.
“Bizda 1-kursda umumiy fanlar o‘qitilib, maktab dasturi qaytariladi. Yoshlar bir yil umrini yo‘qotib, qiziqishi so‘nib ham qoladi. Rivojlangan davlatlarda bunday emas, birinchi yildan mutaxassislik fanlariga o‘tib, amaliyotga muhim o‘rin beriladi. Natijadagi farqni hayot ko‘rsatib turibdi”, deydi Shavkat Mirziyoyev.
Mutasaddilarga Janubiy Koreya universitetlaridagi o‘quv dasturlari va soatlarini o‘rganib, mamlakat oliy ta’lim tizimini qayta ko‘rib chiqish, talabalarni amaliyotga maksimal yo‘naltirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Farg‘ona viloyatiga ikki kunlik safarini yakunab, Toshkentga qaytib keldi.