Prezident Oqdaryodagi yangi ta’mirlangan maktabga bordi 

Jamiyat

image

Bugun, 24 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga safari doirasida Oqdaryo tumanidagi joriy yilda kapital ta’mirdan chiqarilgan 32-umumta’lim maktabini kirib ko‘rdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident maktabda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi va yozgi to‘garakka kelgan bolalar bilan suhbatlashdi.

“Biz oliy ta’limda qamrovni kengaytirib boryapmiz. Lekin hamma ham universitetda o‘qishni tanlamaydi. Shuning uchun farzandlarimizga maktabdayoq chet tillari va hunarlar o‘rgatishni maqsad qilganmiz. Kimning kichkina bo‘lsayam qo‘lida kasbi bo‘lsa, kuni o‘tadi. Keyin yana o‘z ustida ishlab, mahoratini oshirishi ham mumkin. Maqsadimiz – har bir yoshga munosib sharoit yaratish”, degan Prezident.

Shavkat Mirziyoyev shu yerda o‘qituvchilar va mehnat faxriylari bilan ham muloqot qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev maktab Samarqand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing