Prezident oilaviy bolalar uyiga bordi

Olam

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 13 dekabr kuni Uchtepa tumani Nayman mahallasidagi oilaviy bolalar uyi bilan tanishdi.

Qayd etilishicha, 2 qavatli bino Milliy gvardiya tomonidan rekonstruksiya qilinib, 12 ta oila uchun sharoit yaratilgan. Barcha xonadonlar maishiy texnika, mebel va xo‘jalik jihozlari bilan ta’minlangan.

Prezident shunday oilalardan biri – Inomjon va Dildora Davlatovlar xonadonida bo‘ldi. Ular 4 nafar yetim bolani o‘z qaramog‘iga olgan.

Bolajonlar davlat rahbariga o‘z oilasi bo‘lishini orzu qilgani, davlat e’tibori bilan bu orzusi ushalganini aytgan.

Ota-onalarning o‘z farzandlari va tarbiyaga olingan bolalar shu yerdagi 238-umumta’lim maktabida ta’lim oladi.

Majmuada 2 ta sport zali, mini-futbol stadioni, o‘yin va vorkaut maydonchalari, yozgi sahna, xiyobon tashkil etilgan. Manzarali va mevali daraxt nihollari ekilgan. Mo‘’jazgina tomorqada ro‘zg‘orbop mahsulotlar yetishtiriladi.

Davlat rahbari o‘quv va sport to‘garakalarini kirib ko‘rgan va yoshlar bilan suhbatlashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

186

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing