Prezident Navoiydagi vaziyatni tanqid qildi
Jamiyat
−
25 noyabr 2022
9589Navoiyda viloyatida sanoatni yanada rivojlantirish uchun juda katta zaxira va imkoniyatlar bo‘lgani bilan, ular to‘liq ishga solinmayapti. Bu haqda bugun, 25 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi sessiyasida so‘z bordi.
Yig‘ilishda viloyat iqtisodiyoti faqatgina yirik korxonalarga qarab qolmasligi kerakligi ta’kidlangan. Tadbirkorlikni ko‘proq rivojlantirish, bo‘sh yotgan yer uchastkalaridan samarali foydalanish lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Ishsiz yoshlar va yordamga muhtoj ayollar kasbga o‘qitish, bandligini ta’minlash zarurligi ta’kidlangan.
Qishloq xo‘jaligida mavjud salohiyat to‘liq ishga solinmayotgani ko‘rsatib o‘tilgan. Navoiy hududida 8,5 million gektar yaylovlar bo‘lgani bilan qo‘ychilik va qorako‘lchilik viloyatning drayveriga aylangani yo‘q.
Ijtimoiy sohada ham aholini qiynayotgan masalalar yetarli. Birgina “Tashabbusli byudjet” doirasida 326 ta mahalla tomonidan 2 ming 346 ta eng dolzarb muammo ko‘tarilgan.