Prezident Mustaqillik monumentiga gul qo‘ydi

Jamiyat

image

Bugun, 31 avgust – Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni munosabati bilan  Prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik monumenti tagiga gul qo‘ydi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Mustaqillik monumenti O‘zbekistonning ozodligi va barqarorligi ramzidir. Unda xalqning ko‘p asrlik davlatchilik tarixi, buyuk alloma va jahongir ajdodlar siymolari aks etgan. Monumentning eng yuqori qismida Humo qushi tasvirlangan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga borib, ushbu majmua poyiga gulchambar qo‘ydi.

Marosimda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Prezident Administratsiyasi, vazirlik va idoralar, Toshkent shahar jamoatchiligi vakillari ham ishtirok etib, monument poyiga gullar qo‘ydi.

“Bu O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlaridan biridir”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Shahidlar xotirasi xiyoboniga borgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Mustaqillik monumenti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar