Prezident majlisbozlik masalasida Bosh vazirga topshiriq berdi
Jamiyat
−
10 fevral 2021
11256Avval xabar berganimizdek, bugun, 10 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2021 yilgi Davlat dasturini amalga oshirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tyapti.
Yig‘ilishda Prezident Bosh vazir Abdulla Aripovga mahalla raislari va uchastka nozirlarini hokimiyatga majlisga chaqirishni qat’iyan taqiqlash bo‘yicha topshiriq berdi.
“Bosh vazirga topshiriq – mahalla raislari va uchastka nozirlarini hokimiyatga majlisga chaqirish qat’iyan taqiqlanadi.
Bu “uchastkovoy”larga boshliq bo‘lmagan odamning o‘zi yo‘q ekan. Ichki ishlar tizimi masalasini o‘zi yaqin orada alohida ko‘rib chiqamiz”, dedi Prezident.
Eslatib o‘tamiz, davlat rahbari 27 yanvar kuni yoshlar bandligini ta’minlashga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ham amaldorlarni keraksiz majlis o‘tkazmaslik kerakligi haqida ogohlantirgandi.
LiveBarchasi