Prezident maslahatchisining o‘rinbosari SSV rahbariga “zam” bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidentining tegishli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Amrillo Shodiyevich Inoyatov Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Tibbiyot fanlari doktori, dotsent Amrillo Inoyatov bundan avval Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori lavozimida ishlagan.

Amrillo Inoyatov joriy yilning 17 iyul kuni Prezident maslahatchisiga o‘rinbosar etib tayinlangandi.

Amrillo Inoyatov tibbiyot fanlari doktori, professor darajasiga ega. U 2001 yilda Buxoro davlat tibbiyot institutini tamomlagan. mehnat faoliyatini institutning ilmiy-tekshirish laboratoriyasidan boshlagan. 2006 yilda “Bolalar yuz-jag‘ jarrohigi” mutaxassisligi bo‘yicha aspiranturani tamomlab, Buxoro davlat tibbiyot institutining “Xirurgik stomatologiya” kafedrasi assistenti lavozimida ish boshlagan.2008 yilda mazkur kafedra mudiri lavozimiga tayinlangan bo‘lsa, 2009-2010 yillarda esa Stomatologiya fakulteti dekani vazifasini bajaruvchisi lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

2010-2012 yillarda “Xirurgik stomatologiya” kafedrasi mudiri lavozimi bilan birga Amrillo Inoyatov Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limi mudiri lavozimlarida ishlagan.

Avvalroq, Abduhakim Hojiboyev Sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlangani haqida xabar bergan edik. U bugungacha vazirning birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Amrillo Inoyatov

Baholaganlar

148

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing