Prezident maslahatchisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Mir-Akbar Xoji-Akbarovich Rahmonqulov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari etib tayinlandi. O‘zbekiston Prezidentining tegishli farmoni qabul qilingan.

Mir-Akbar Xoji-Akbarovich Rahmonqulov bungacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgandi.

Ma’lumot uchun, Mir-Akbar Rahmonqulov 1993-1994 yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining birinchi prorektori bo‘lgan. Mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining bosh konsultanti (1994-1995 yy.), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo institutining direktori (1995-1997 yy), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Milliy havfsizlik Kengashi Kotibi, Davlat maslahatchisi (1997-2014 yy.), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti direktorining o‘rinbosari lavozimarida faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Adham Bekmurodov ishdan olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov

Baholaganlar

122

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing