Prezident Marko Rubio va Serjio Gorni taqdirladi
Jamiyat
−
19 Oktyabr 804 2 daqiqa
Bugun, 19 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Marko Rubio va AQSH Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gorga davlat mukofotlarini topshirdi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
.jpg)
.jpg)
Qayd etilishicha, Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan. Uning O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi e’tirof etilgan. Shuningdek, Yangi O‘zbekistonning xalqaro tashabbuslarini ilgari surish, ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi ishonch va do‘stlikni mustahkamlash yo‘lidagi xizmatlari alohida ta’kidlangan.
.jpg)
.jpg)
Serjio Gor esa O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash hamda strategik sheriklikni kengaytirishga qo‘shgan hissasi uchun “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan. Uning siyosiy muloqotni faollashtirish, ikki tomonlama kelishuvlarni amalga oshirish, amerikalik sarmoyadorlarni jalb etish va qo‘shma loyihalarni ilgari surish borasidagi sa’y-harakatlari, shuningdek, Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishdagi xizmatlari e’tirof etilgan.
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev “S5+1” formatidagi vazirlar uchrashuvi hamda Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatga kelgan Marko Rubioni qabul qilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi