Prezident marhum san’atkorlarni mukofotladi

Madaniyat-san’at

image

O‘zbekiston Prezidenti “Mamlakatimizda madaniyat va san’at, adabiyot, ommaviy axborot vositalari sohalarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan bir guruh marhum ijodkorlarni mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

O‘zining betakror va yorqin ijodiy faoliyati, milliy istiqlol g‘oyasiga sadoqati bilan Vatanimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, xalqimiz madaniyatini yuksaltirish, jamiyat hayotida ezgulik va adolat, vatanparvarlik va bag‘rikenglik kabi qadriyatlarni qaror toptirish yo‘lida unutilmas xizmat qilib, avlodlarga qoldirgan boy merosi, sermazmun hayoti va ibratli insoniy fazilatlari bilan el-yurtimiz qalbidan chuqur joy egallagan quyidagi marhum ijodkorlar mukofotlansin:

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Azizov Mirzajon Mamadjonovich – O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor 

Aminov Ne’mat – O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi

Asomov Obid Agzamovich – O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, badiiy so‘z ustasi

Ikramova Dildorxon (Dilbar Ikromova) – O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktrisa 

Karimov Ergash – O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor

Qodirov Tavakkal – O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, xonanda

Qurbonov Rahmatjon Xudarganovich – O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda

Masudov Fatxulla Husanovich – O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, aktyor

Mirtojiyev Jaloliddin Tursunovich – O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi,  haykaltarosh

Nizomov To‘lan (To‘lan Nizom) – O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri 

Rahimov Kamoliddin – O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, xonanda

Rahmonov Shavkat Rahmonovich (Shavkat Rahmon) – O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir

Tojiboyev Mahmudjon G‘oziyevich – O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi

Umarbekov O‘lmas Rahimbekovich – O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi

Umarov Faxriddin – O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi

Usnatdinov Sharap – Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq yozuvchisi

Xolmirzayev Shukur – O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi

Xudoyberdiyeva Halima Ummatqulovna – O‘zbekiston Respublikasi xalq shoirasi

Xudoyshukurov Otajon – O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, xonanda

Sharipov Husan Ortiqovich – O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Abduvahobov Abduraim Abdullaxayevich – O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, aktyor

Bo‘ronov Ikromjon – O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda

Jabborov Jumaniyoz – O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri, dramaturg, tarjimon

Qodirjonova Dilnura – O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, maqom ijrochisi

Matchanov Amanbay (Omon Matjon) – O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri

Muxtorov Omon Sulaymonovich – O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi,  shoir, yozuvchi

Otajonov Ortiq – O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, xonanda

Rahimov Mirzohid Sobitovich – O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, suxandon

Rahmonov Muhammadi – O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir

Tojiboyev Hojimurod Shodiyevich (Hojiboy Tojiboyev) – O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, badiiy so‘z ustasi

O‘tbosarov Abdumo‘min Abdumajitovich – O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, suxandon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev

 


Maqola muallifi

Teglar

farmon

Baholaganlar

564

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing