Prezident maktablariga qabul jarayoni tugadi. Talabgorlar 30 ming nafarga yaqinlashdi
Jamiyat
−
24 iyun 2019
452722 kun davom etgan Prezident maktablariga qabul jarayoni nihoyasiga yetdi. 1-22 iyun davomida jami 28 446 nafar talabgor hujjat topshirdi.
Shundan 9260 tasi (32,5 foiz) onlayn, 19 186 nafari (67,5 foiz) esa oflayn usulda, ya’ni bevosita qabul markazlari orqali hujjat topshirgan.
Onlayn topshirilgan, ammo belgilangan talablarga javob bermagan va rad etilgan hujjatlar soni 791 tani tashkil etgan bo‘lsa, ota-onalarga tahrirlashga yuborilgan, ammo tahrirlanmagan arizalar soni 211 tani tashkil etgan.
Topshirilgan umumiy 28 446 talabgordan 27 446 nafari saralash bosqich imtihonidan o‘ta olgan.
Hududlar bo‘yicha eng ko‘p – 7724 ta hujjat Namangan viloyatidagi Prezident maktabiga kelib tushgan. Qoraqalpog‘istonda 7456 ta, Xorazmda 6503 ta, Toshkent shahrida 5763 ta hujjat qabul qilingan.
Eng ko‘p – 8727 ta ariza 5-sinf uchun qabul qilingan, eng past ko‘rsatkich 10-sinflar orasida – 2350 ta.
Imtihonlarni davlat (o‘zbek) tilida topshiruvchi o‘quvchilar soni 22 051, qoraqalpoq tilida 4847 nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, ingliz tilida topshiruvchilar soni 621 nafarni tashkil etdi.
Bir o‘ringa o‘rtacha raqobat 49 nafar o‘quvchini tashkil etgan bo‘lsa, eng yuqori raqobat 5-sinfga topshirgan talabgorlar o‘rtasida – 1 o‘ringa 92 nafar o‘quvchini (Namanganda 118 o‘quvchi) tashkil etadi.
Prezident maktablariga 1-22 iyun davomida umumiy topshirilgan hujjatlar bo‘yicha batafsil ma’lumotni (hududlar, sinflar, raqobat, jinsi va boshqa kesimlarda) infografikada ko‘rishingiz mumkin.