O‘zbek futboli afsonasi koronavirusga qarshi kurash uchun 75 mln so‘m xayriya qildi

Sport

image

Mirjalol Qosimov koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash doirasida savobli ishga qo‘l urdi.

O‘zbek futboli afsonasi ixtiyoriy ravishda “O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondi hisobiga 75 million so‘m mablag‘ o‘tkazib berdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mirjalol Qosimov ayni paytda Olmaliqning AGMK jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlab kelmoqda.

Avvalroq, BAAning “Sharja” klubi va O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Otabek Shukurov koronavirus tufayli yuzaga kelgan vaziyatda qiyin ahvolda qolgan oilalarga 100 million so‘m xayriya qilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Mirjalol Qosimov

Baholaganlar

201

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing