Bugun “sherlar”ning OCHLdagi taqdiri hal bo‘ladi
Sport
−
05 dekabr 2023
7910Bugun, 5 dekabr kuni futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar ligasi (OCHL) guruh bosqichining 6-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. “A” guruhidan joy olgan Toshkentning “Paxtakor” klubi yakuniy tur doirasida Saudiya Arabistonining “Al-Feyha” klubini qabul qiladi.
Mazkur bahsda “sherlar”ga g‘alaba suv va havodek zarur. Maksim Shatskix shogirdlari OCHL guruhlarida eng yaxshi 2-o‘rin sohiblaridan biri sifatida keyingi bosqichga yo‘l olishi mumkin. Buning uchun bugun Toshkent klubi raqibini 9 ta to‘p farqi bilan yutishi yoki “Persepolis”ning “Duhayl” bilan o‘yinda ochko yo‘qotishini kutishi va o‘z o‘yinida minimal hisobda bo‘lsa ham g‘alaba qozonishi kerak.
Hozirga kelib O‘zbekistonning ikki jamoasi “Nasaf” va “Navbahor” pley-off yo‘llanmasini naqd qildi. 6-turda Namangan klubi safarda “Mumbay Siti“ jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, “Nasaf” Qatarda “Al-Sadd” bilan bahslashib, 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi. Shunday qilib, “Nasaf” o‘z guruhida 11 ochko jamg‘arib, 1-o‘rin bilan, “Navbahor” esa 13 ochko to‘plab, 2-o‘rinda guruhdan chiqishni uddaladi.
Mirjalol Qosimov murabbiyligidagi OKMK esa guruhdagi barcha o‘yinlarda mag‘lubiyatga uchrab, turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Ma’lumot uchun, “Paxtakor“ - “Al-Feyha” o‘yini 19:00 da start oladi.
LiveBarchasi