“Nasaf” 3-turda ochko yo‘qotdi

Sport

image

Kecha, 12 mart kuni O‘zbekiston Superligasining 3-tur uchrashuvlari yakunlandi. Turning so‘ngi kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda OKMK va “So‘g‘diyona”, “Dinamo” va “Nasaf” jamoalari o‘z uchrashuvlarida durang o‘ynadi.

Olmalikda kechgan bahsda Mirjalol Qosimov jamoasi “So‘g‘diyona” bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Mezbonlar safida Siyavash Haqnazariy va Abror Karimov, jizzaxliklar tarkibidan esa Lyupcho Doriyev va Otabek Jo‘raqoziyev mualliflik qildi.

Samarqandda kechgan uchrashuvda “Dinamo” qarshining “Nasaf” jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Dastlab Vadim Abramov shogirdlari Anvarjon Hojimirzayevning goli evaziga hisobda oldinda borayotgan edi, biroq uchrashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda Sharof Muhiddinov goli Roziqul Berdiyev shogirdlariga 1 ochko taqdim etdi. Shu tariqa, kun doirasidagi har ikkala o‘yinda ham jamoalar ochko yo‘qotdi.

3-tur uchrashuvlari yakuniga ko‘ra, hozirda Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi 100 foiz natija bilan turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. Undan keyin Toshkentning “Lokomotiv” va “Nasaf” 7 ochkodan keyingi o‘rinlarda bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Superliga Mirjalol Qosimov “Nasaf”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing