Prezident koronavirus bo‘yicha farmoyish imzoladi

Jamiyat

image
Koronavirus sabab O‘zbekistonda taqiqlar qo‘yilishi kerakmi? north_east

Koronavirus sabab O‘zbekistonda taqiqlar qo‘yilishi kerakmi?

Koronavirus xavfi: Qo‘mita turagentliklarga Xitoyga turlar sotmaslikni tavsiya qildi north_east

Koronavirus xavfi: Qo‘mita turagentliklarga Xitoyga turlar sotmaslikni tavsiya qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoyishi qabul qilindi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligida tashkil qilingan shtab 24 soat davomida faoliyat olib bormoqda. Agentlik mutaxassislari tomonidan ishonch telefonlari orqali koronavirusning oldini olish borasida Xitoydan kelayotgan va o‘qiyotgan talabalar, ularning ota-onalari, tadbirkorlar va boshqa soha xodimlariga tegishli tushuntirishlar va tavsiyalar berib borilmoqda.

Kecha, 31 yanvar kuni Toshkent vrachlar malakasini oshirish insitutida koronavirus infeksiyasi etiologiyasi, klinikasi va profilaktikasi hamda kasallikka gumon qilinganda tibbiy xodimlarning tezkor harakatlari mavzusida o‘quv-seminari o‘tkazildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi reanimatologlari, infeksionistlari va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlarining epidemiologlari ishtirok etdi. Barcha ma’muriy hududlarda reanimatolog, infeksionist, epidemiologlardan iborat 3 tadan tezkor harakatlar brigadalari tashkil etildi, shuningdek, mazkur o‘quv-seminarda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining vakillari ishtirok etishdi.

Joriy yilning 31 yanvar kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti orqali xorijdan kelgan 4194 nafar fuqaro sanitariya-karantin punktlarida termometriyadan o‘tkazilgan. Shulardan 84 nafari Xitoyda o‘qiydigan talabalardir. Termometriyadan o‘tkazilgan fuqarolar orasida 1 nafar Rossiyadan uchib kelgan fuqaroda tana harorati yuqoriligi aniqlangan, shifokorlar tomonidan epidemiologik surishtiruv o‘tkazilganda tana harorati ko‘tarilgan bemor, koronavirus kasalligiga gumon qilingan yoki kasallik bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lmaganligi aniqlangan.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ markaziy SESiga qarashli 6 ta SKPdan 5 ta poyezdda 953 nafar fuqaro o‘tishgan va ular o‘rtasida tana harorati ko‘tarilgan bemorlar aniqlanmagan.

Davlat chegara posti orqali ko‘plab yo‘lovchi o‘tuvchi SKPlar Toshkent viloyatining “G‘ishtko‘prik”, “Oybek”, Surxondaryoning “Ayraton”, “Gulbahor” va Daryo porti hamda Andijon viloyatining “Do‘stlik” SKPlari orqali 2158 ta avtotransport, 23570 nafar fuqaro o‘tkazilgan, ular orasida yuqumli kasallikka gumon qilingan bemorlar aniqlanmagan.

Agentlikning virusologiya laboratoriyasiga koronavirusga tekshirish uchun 21 nafar fuqarodan namunalar olib kelingan, namunalar orasida koronavirus kasalligining virusi topilmadi. Bugungi kunga qadar respublika fuqarolari orasida koronavirus infeksiyasi qayd etilmadi.

Xitoy Xalq Respublikasida koronavirus infeksiyasi bo‘yicha kuzatilayotgan murakkab epidemik vaziyat, bu kasallikni respublika hududiga kirib kelishi va tarqalib ketishini oldini olish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan nazoratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotidan olingan ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil yanvar oyida Xitoy Xalq Respublikasi Xubey provinsiyasidagi Uxan shahrida koronavirus (2019-nCoV turi) bilan kasallangan bemor to‘g‘risida xabar berilgan. Joriy yilning 31 yanvari holatida Xitoy Xalq Respublikasida jami 9720 nafardan ortiq fuqaro kasallanib, 1500 nafar fuqaro og‘ir holatda davolanmoqda, 213 nafar fuqaro ushbu kasallikdan vafot etgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlarining bildirishicha, Xitoy Xalq Respublikasining barcha provinsiyalarida koronavirus kasalligi tarqalib ulgurgan. 2020 yil 30 yanvar kuni JSST Xitoy Xalq Respublikasida koronavirus infeksiyasi epidemiyasini favqulodda holat deb, tan oldi. Rossiya Federatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasi bilan chegara kesishgan joylardagi o‘tkazish punktlaridan fuqarolarni o‘tishini cheklagan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Xalqaro tibbiy sanitariya qoidalari saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yil 31 yanvar kuniga koronavirus (2019-nCoV turi) infeksiyasi Gongongda va Tayvanda 8 tadan, Malayziya va Makaoda 7 tadan, Yaponiyada 6 ta, Avstraliya, Singapur va AQSHda 5 tadan, Tailand davlatida 14 ta, Fransiyada 6 ta, Germaniya, V’etnam va Janubiy Koreya davlatlarida 4 tadan, Kanada davlatida 3 ta, Nepal, Italiyada 2 ta, Kamboja, Shri-Lanka, BAA va Ukraina davlatlarida 1 tadan holat qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy virus

Baholaganlar

602

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing