Prezident Konstitutsiyaga “Miranda qoidasi”ni kiritishni taklif qildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Tahlillar O‘zbekistonda huquq-tartibot organlari tomonidan shaxs qo‘lga olinganda, u nima uchun ushlangani va qanday huquqlarga ega ekani tushuntirilmayotganini ko‘rsatmoqda. Bu masalaga Prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaviy komissiya majlisida to‘xtaldi.

“Natijada, gumon qilinuvchining huquqlari ushlangan dastlabki vaqtdayoq xavf ostida qoladi. Bunday holatlarning oldini olish maqsadida ko‘plab davlatlarning Konstitutsiya va qonunlarida hamda inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlarda aks etgan “Miranda qoidasi”ni qo‘llash lozim. 

Ya’ni, shaxsni ushlash chog‘ida uning huquqlari va nima sababdan ushlangani sodda tilda tushuntirilishi shart. Ana shu qoidani Konstitutsiyamizda muhrlab qo‘yishning vaqt-soati keldi, deb o‘ylayman”, degan Prezident.

Bundan tashqari, u “Xabeas korpus” institutini rivojlantirish zarurligini ta’kidlagan. Ya’ni, shaxs sudning qaroriga qadar ko‘pi bilan qirq sakkiz soatdan ortiq ushlab turilishi mumkin emas.

“Agar sud tomonidan shaxsni hibsga olish yoki unga nisbatan boshqacha turdagi ozodlikni cheklash haqida qaror belgilangan muddatda qabul qilinmasa, bunday shaxsni darhol ozod qilish kerakligi haqidagi normani ham Konstitutsiyada aks ettirishimiz zarur”, deya qo‘shimcha qilgan Prezident.

Miranda qoidasi – Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi qonuniy talab. Unga ko‘ra, hibsga olingan paytda hibsga olingan shaxsga uning huquqlari haqida ma’lumot berilishi va uni qo‘lga olayotgan huquqni muhofaza qilish organi xodimi fuqaro aytilganlarni tushundimi yoki yo‘qmi degan savolga ijobiy javob olishi kerak.

Miranda qoidasi tarixiy Miranda Arizonaga qarshi ishidan kelib chiqqan va sudlanuvchi Ernesto Miranda sharafiga nomlangan. Uning ko‘rsatmasi Beshinchi tuzatishni buzgan holda qo‘lga kiritilgan deb ish materiallaridan chiqarib tashlangan. Miranda esa ishdagi boshqa dalillarga ko‘ra aybdor deb topilgan.

Bundan oldin davlat rahbari Bosh qomusda o‘lim jazosini taqiqlash normasini aks ettirish taklifini bildirgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

474

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing