“Prezident xudoning elchisi emas”. To‘qayev qachon iste’foga chiqishini aytdi (video)

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev 2029 yilda prezidentlik lavozimini tark etishini ma’lum qildi. Bu haqda u “Al Jazeera” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“2029 yilda men iste’foga chiqishimni allaqachon e’lon qilganman. Chunki bu xalqimning va shaxsiy talabim”, dedi Prezident.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u har qanday davlat Prezidenti davlat boshqaruvchisi ekanligiga qat’iy ishonadi.

“U Xudoning elchisi emas. U o‘z xalqi tomonidan saylangan davlat boshqaruvchisi. Bizda esa bor-yo‘g‘i yetti yilga”, dedi Prezident.

Davlat rahbari, shuningdek, islohotlar jarayoni juda uzoq va barqaror ekanini, Qozog‘iston islohotlar mamlakati ekanini aytdi.

“Islohotlarimizni davom ettiramiz, uzluksiz olib boramiz. Va hech qanday to‘siq bo‘lmaydi. Mening ishonchim komilki, biz Qozog‘iston manfaati uchun muhim islohotlarni amalga oshirishimiz kerak”, dedi davlat rahbari.

Ma’lumot uchun, Qosim-Jomart To‘qayev 2019 yil 20 mart kuni Qozog‘iston Prezidenti sifatida qasamyod qilgan. Mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev esa iste’foga chiqdi. Prezident iste’foga chiqqanda, Qozog‘iston Respublikasi Senatining spikeri saylovlar o‘tkazilgunga qadar davlat rahbari vazifasini bajaruvchi bo‘ladi. 2019 yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari saylovda To‘qayev 70 foizdan ko‘proq ovoz olgan. 

2022 yil yanvar oyida Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlaridan so‘ng, To‘qayev Konstitutsiyaga davlat rahbari faqat bir marotaba, yetti yillik muddatga saylanishi mumkinligi haqida o‘zgartirish kiritgan edi. 2022 yil 20 noyabrda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarini To‘qayev 81,31 foiz ovoz oldi. 


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing