Prezident Qorao‘zak tumanidan Shovotgacha temir yo‘l qurilishini aytdi
Jamiyat
−
13 dekabr 2020
6436O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyati faollari bilan o‘tgan yig‘ilishda dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalar muhokama qilindi. Qorao‘zak tumanidan Shovot tumanigacha 79 kilometrlik temir yo‘l qurilishi aytildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Amudaryo ustida Xorazmni Qoraqalpog‘iston bilan bog‘laydigan 413 metrlik ko‘prik, Qorao‘zak tumanidan Shovot tumanigacha 79 kilometrlik temir yo‘l quriladi. Yig‘ilishda kelgusi uch yilda 2 ming 370 kilometr ichki yo‘llarni ta’mirlash vazifasi qo‘yilgan.
Prezident ishtirokidagi uchrashuvda ijtimoiy masalalarga alohida e’tibor qaratilgan. Kelgusi yili viloyat bo‘yicha 2 ming xonadonli 100 ta ko‘p qavatli uy-joy barpo etish, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar berilgan.
Shuningdek, ta’lim, tibbiyot, madaniyat sohalarini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar belgilangan. Prezident Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda xorazmlik yoshlar bilan alohida suhbatlashib, takliflar bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar bergan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr