Shavkat Mirziyoyev aeroportda Narendra Modini kutib oldi
Jamiyat
−
29 avgust 5709 1 daqiqa
Bugun, 29 avgust kuni Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga yetib keldi. Bu haqda O‘zbekiston rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
.jpg)
Ma’lum qilinishicha, Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi mamlakatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan kelgan.

Qayd etilishicha, “Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida Hindiston Bosh vazirini davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev shaxsan kutib olgan.

Kutib olish jarayonida oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarilgan hamda faxriy qorovul saf tortgan.

Bildirilishicha, tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 30 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi