Xitoy yana COVID-19 epidemiyasiga giriftor bo‘lishi mumkin
Jamiyat
−
29 mart 2020
37199Xitoyda COVID-19 koronavirusi epidemiyasining yangi bosqichi avj olishi ehtimoldan holi emas. Epidemiya xorijdan virus yuqtirgan insonlar kelishi hisobiga qaytalashi mumkin. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, hozirgacha 42 mamlakatdan kelgan 693 kishida koronavirus aniqlangan. Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi vakili Mi Fenning so‘zlariga ko‘ra, Xitoyning materik qismida epidemiya yuz berish ehtimoli yuqoriligicha qolmoqda.
Mi Fenning qo‘shimcha qilishicha, COVID-19 ning tarqalishi mamlakat ichida asosan to‘xtatildi. Ayni vaqtda virus faol bo‘lgan odamlar 3000 dan kamroq.
Yangi koronavirs o‘chog‘i bo‘lgan Xitoy bugunga kelib, virusning tarqalishi va kasallanganlar soni bo‘yicha AQSH va Italiyadan keyin dunyoda uchinchi o‘ringa tushib qoldi. Bugungacha mamlakatda 82 122 kishida koronavirus aniqanlangan. Ularning 3304 nafari vafot etgan, 75 582 nafari kasallikdan forig‘ bo‘lgan.
LiveBarchasi