Olimlar koronavirus organizmda qancha vaqt qolishini aniqladi
Salomatlik
−
29 mart 2020
61059Bir guruh olimlar Pekindagi tibbiyot markazida koronavirus ustida tadqiqot olib bordi. Ular COVID-19 dan davolanganlarning yarmida alomatlar yo‘qolganidan keyin ham virus organizmda bir kundan sakkiz kungacha saqlanib qolishini o‘rgandi. Bu haqda “ATSJournals” xabar berdi.
Olimlar 28 yanvardan 9 fevralgacha bo‘lgan davrda davolangan 16 nafar bemorning ma’mulotlarini tahlil qilib chiqqan. Ularning o‘rtacha yoshi 35,5 yosh.
“Tadqiqotning muhim natijalaridan biri bemorlarning yarmi alomatlar yo‘qolganidan keyin ham virusni saqlashda davom etishi bo‘ldi”, deydi tadqiqot mualliflaridan biri Lokesha Sharma.
Bu muddat 1-8 kun davom etgan. Tadqiqotda qatnashgan yana bir olim davolanish kursidan keyingi karantinni 1-2 haftaga cho‘zishni taklif qilgan.
Olimlarning fikricha, yoshi katta insonlar organizmida virus uzoqroq saqlanib qolishi mumkin. Ammo bu faraz bo‘lib, ilmiy isbotlanmagan. Bu taxmin qariyalarda immun tizimi kuchsizroq bo‘lishi hisobga olinib, bildirilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 684 mingdan ortib ketgan. Qurbonlar soni 32 mingdan ortiq. Koronavirusdan forig‘ bo‘lgan 145 ming nafardan oshgan.