Prezident qo‘shtirnoq ichidagi tadbirkorlarga murosasiz bo‘lishini aytdi

Jamiyat

image

Bugun, 18 avgust kuni tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tayotgan ochiq muloqotida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarga alohida murojaat bilan chiqdi.

Davlat rahbariga ko‘ra, so‘nggi yetti yildagi soliq islohotlari, tadbirkorlarga taqdim etilgan yengillik va imtiyozlar natijasida ularning ixtiyorida 120 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ qoldi. Mana bugun ham juda katta qulayliklar berilmoqda.

“Xalqimizda “qars ikki qo‘ldan chiqadi”, degan gap bor. Hozirgi kunda mamlakatimizda “xufiyona iqtisodiyot”ning ulushi 40 foiz atrofida. Biz to‘g‘ri ishlayotgan, ish o‘rni yaratayotgan, ilg‘or texnologiyalar joriy qilib, yangi mahsulotlarni o‘zlashtirayotgan, eksportini oshirayotgan biznes vakillari uchun barcha sharoitlarni qilib berishga tayyormiz. Lekin soliqlardan qochib, o‘zining majburiyatlarini bajarmasdan kelayotgan qo‘shtirnoq ichidagi tadbirkorlarga biz albatta murosasiz bo‘lamiz. Shu bois tadbirkorlarimiz o‘zlari ham bosh bo‘lib, bunday “nopok” ishbilarmonlar saflarida bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasa, o‘ylaymanki, “xufiyona iqtisodiyot” ulushini karra-karra qisqartiramiz”, degan Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, yig‘ilishda Prezident kelgusi yillar uchun belgilab olingan reja va dasturlarni amalga oshirish oson bo‘lmasligi, lekin hayot sinovlarida toblangan, so‘zida ham, ishida ham qat’iy, mard va tashabbuskor tadbirkorlar bor ekan, ko‘zlangan marralarga albatta erishilishiga ishonch bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev tadbirkorlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing