Prezident quruvchilarning yashash joyini borib ko‘rdi
Jamiyat
−
29 iyul 2021
6103Bugun, 29 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 3-mis boyitish fabrikasi quruvchilari uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
Korxona yaqinida 3 ming kishiga mo‘ljallangan yotoq majmuasi barpo etilgan. Ishchilarning yashashi, dam olishi, sport bilan shug‘ullanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Prezident bu yerda yotoq o‘rinlarini ko‘paytirish, bunday ixcham, shinam majmualarni boshqa zavodlarda ham tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Prezident shuningdek, tog‘-kon sanoati texnikasini ko‘zdan kechirib, samosval haydovchisi bilan suhbatlashdi.
LiveBarchasi