Prezident Qozonda Minnixanov bilan uchrashuv o‘tkazdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrif doirasida Qozon shahrida Tatariston Raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, suhbat avvalida O‘zbekiston rahbari keyingi yillarda mamlakat Tatariston bilan o‘zaro hamkorlikda yuqori natijalarga erishayotgani haqida so‘z yuritgan. Jumladan, savdo va investitsiyalar hajmi oshib borayotgani, Toshkent viloyatida faoliyat olib borayotgan “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkining muvaffaqiyatlari hamda Jizzax viloyatida texnopark qurilishi davom etayotgani qayd etilgan. 

Shuningdek, Prezident kimyo tarmog‘i va mashinasozlikda yirik kooperatsiya loyihalari amalga oshirilayotgani va Qozon federal universitetining Jizzax shahridagi filiali faoliyatiga alohida to‘xtalib o‘tgan. 

Uchrashuv davomida kecha, 4 oktyabr kuni Qozon shahrida o‘tgan uchinchi O‘zbekiston-Rossiya hududlararo hamkorlik forumining yakunlari, jumladan, O‘zbekiston hududlarida Rossiyaning “Alabuga” va “Master” texnoparklari bilan yangi sanoat parklarini tashkil etish bo‘yicha erishilgan kelishuvlar borasida ham so‘z yuritilgan.

Metallarga ishlov berish, axborot-kommunikatsiya, uy-joy kommunal soahalarida istiqbolli kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, ta’lim, turizm va yoshlarga oid siyosatda hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilingan.

Yakunda esa muhim yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy sheriklik loyihalarini qo‘shma “yo‘l xarita”lari asosida ilgari surishga kelishib olingan.

Ma’lumot uchun,  ertaga, 6 oktyabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi uchrashuvda ikki mamlakat yetakchilari O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda rivojlantirish masalalarini muhokama qilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev Tataristonga tashrifi davomida Rustam Minnixanov hamrohligida Qozonning eng qadimgi qismi – UNESCO'ning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Qozondagi Kremlga borib, Qul Sharif masjidini kirib ko‘rgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Rossiya Shavkat Mirziyoev tashrif Rustam Minnixanov Tatariston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing